Zarbdor tumani Ichki ishlar bo'limi boshlig'i Uyg'un Sultonovning tuman aholisiga murojaati
2026-06-20 17:10:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Qadrli Zarbdor tumani ahli!
Shiddatli zamonda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishi jamiyatimiz xavfsizligi, oilalarimiz farovonligi hamda yoshlarimizning kelajagiga jiddiy tahdid solayotgan dolzarb muammolardan biridir.
Bu illat inson salomatligini yemiribgina qolmay, uning hayotiy maqsadlari va orzu-intilishlarini barbod qiladi. Afsuski, giyohvandlik ayrim yoshlarning taqdirini izdan chiqarib, jinoyatchilikning ko‘payishiga, oilalarning buzilishiga va jamiyatda turli salbiy oqibatlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda.
Aziz ota-onalar!
Farzandlarimizning tarbiyasi, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sport, ilm-fan va kasb-hunarga qiziqishini oshirish orqali biz ularni turli yot g‘oyalar va zararli odatlardan asrashimiz lozim.
