Zarbdor tuman hokimining navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi
2026-06-20 12:40:00 / Yangiliklar

2026-yil 20-iyun kuni Zarbdor tuman hokimining navbatdagi shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabulni tuman hokimining o‘rinbosari R. Anqayev olib bordi.
Unda tuman IIB boshlig‘i U. Sultonov, tuman Soliq inspeksiyasi rahbari v.v.b. B. Murodov, shuningdek, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari hamda mutasaddilar ishtirok etdi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy himoya, bandlik, uy-joy, kommunal xizmatlar, iqtisodiy masalalar hamda boshqa dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha bildirilgan murojaatlar atroflicha tinglanib, har biri yuzasidan tegishli tartibda ko‘rib chiqildi.
Murojaatlarning ayrimlari qabul jarayonining o‘zida ijobiy hal etilib, fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar bo‘yicha esa mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
Shuningdek, murojaatlar yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish, mavjud muammolarni bartaraf etish va fuqarolarni qiynayotgan masalalarga amaliy yechim topish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi.






