Zarbdorda zamonaviy Padel tennis maydonchasi foydalanishga topshirildi
2026-06-08 09:00:00 / Yangiliklar

Sport vaziri Adkham Ikramov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov boshchiligidagi respublika ishchi guruhining Zarbdor tumaniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari ijrosi yuzasidan Milliy Olimpiya qo‘mitasi tomonidan ajratilgan mablag'lar asosida barpo etilgan zamonaviy padel tennis maydonchasi foydalanishga topshirildi.
Viloyatimizda ilk bor qad rostlagan padel tennis sport maydonchasining ochilish marosimida tuman hokimligi, sport boshqarmasi mas'ullari, mutasaddilar, nuroniylar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirda so'zga chiqqanlar yangi ochilgan tennis maydonchasi sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda iqtidorli sporchilarni kashf etishda muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidladilar.
Marosim davomida mehmonlar yangi sport inshootida yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, uning zamonaviy standartlarga to‘liq javob berishini e’tirof etdi.
Ta’kidlanganidek, bunday sport maskanlari yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda kelajakda yurtimiz sharafini himoya qiladigan chempionlarni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.







