YUKSAK MAʼRIFATLI AVLOD - UCHINCHI RENESSANS POYDEVORI!
2026-05-25 09:00:00 / Yangiliklar

Bugun Zarbdor tumani maktablarida bolalik, yoshlik va orzular uyg‘unlashgan unutilmas daqiqa — “So‘nggi qo‘ng‘iroq” sadolari yangradi.
Jizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Mustafoyev viloyatdagi barcha bitiruvchilarga onlayn tarzda Prezidentimizning samimiy tabrigini o‘qib eshittirdi.
Zarbdor tumanidagi 28-sonli maktabda o‘tkazilgan tantanali tadbirda tuman hokimi Bekzod Tashpulatov bitiruvchilarga murojaat qilar ekan, ularning kelajakka dadil qadam tashlashi, orzular sari qat’iy harakat qilishi va Vatan ravnaqi yo‘lida munosib hissa qo‘shadigan barkamol avlod bo‘lib yetishishiga ishonch bildirdi.
Tadbir davomida yuqori natijalarga erishgan o‘qituvchilar hokim tashakkurnomalari bilan taqdirlandi. Maktab kutubxonasiga esa 100 dan ziyod badiiy adabiyotlar tuhfa etildi.
Bu qo‘ng‘iroq — darslarning yakuni emas, balki hayot darslarining boshlanishi.
Kelajak — sizniki, aziz bitiruvchilar!









