Zarbdor tuman IIB boshlig‘i Uyg‘un Sultonovning tuman aholisiga murojaati.
2026-05-04 16:35:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Hurmatli Zarbdor tumani aholisi!
Barcha sohalar kabi ichki ishlar tizimida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Islohotlar – birgina maqsad sari, ya’ni xalqni rozi qilish va aholiga yaqindan xizmat ko‘rsatishga qaratildi.
Bu borada, Muhtaram Yurtboshimizning mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishga oid qabul qilgan qaror va farmonlari ayni masalaning nechog‘lik muhim ekanligidan dalolat beradi.
Aziz yurtdoshlar,
Oxirgi vaqtlarda axborot texnalogiyalaridan foydalanib sodir etiladigan kiber jinoyatlar salmog‘i oshishi kuzatilmoqda.
Ushbu jinoyatlarning sabab va omillari o‘rganilganda, fuqarolarimiz tomonidan ishonuvchanlik, o‘z shaxsiy ma’lumotlarini ijtimoiy tarmoq hamda telefon qo‘ng‘iroqlari orqali o‘ziga notanish shaxslarga oshkor qilishi oqibatida jinoyatchilarga qulay sharoit yaratishi ortidan kelib chiqmoqda.
O‘tgan davrda, tumanimizda 44 ta kiber jinoyatlar, shundan 17 ta o‘g‘rilik, 24 ta firibgarlik va 3 ta boshqa holatlari bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgani buning yaqqol isboti.
Ushbu xavfdan qutulishning eng samarali yo‘li esa fuqarolarimizdan kiber jinoyatlarga qarshi “kiber madaniyat”ni shakllantirish, o‘z-o‘zimizni ushbu jinoyatlardan himoya qilishni o‘rganishimiz talab etiladi.
Agarda sizga notanish raqamdan qo‘ng‘iroq bo‘lib, shaxsiy ma’lumotlaringiz so‘ralsa yoki bank kartangizga hujum bo‘layotganligi aytilsa, bankning ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qilib, holatga oydinlik kiritishingiz shart.
Bu bilan ushbu turdagi jinoyatlar sodir etilishining oldi olinadi.
Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan oilaviy qadriyatlarni yaxshilash, qo‘ni-qo‘shni, aholi o‘rtasida o‘zaro inoqlikni kuchaytirish borasida qator ishlar amalga oshirib kelinayotgan bir vaqtda, tumanimizda 1 ta talonchilik, 6 ta o‘g‘rilik, 2 ta bezrilik, 1 ta o‘lim bilan bog‘liq bo‘lmagan yo‘l transport hodisasi, 3 ta yengil tan jaroxati yetkazish jinoyatlari qayd etilishi bu borada ishlarni yanada jonlantirishimiz lozimligidan dalolat beradi.
Shu bilan birga, yo‘llarda avtomashinalar soni kundan – kunga ortib, haydovchilarning mas’uliyatini oshirmoqda.
Biroq, ayrim haydovchilar yo‘l belgilari, yo‘l qoidalariga rioya etmasdan o‘z boshimchalik bilan tezlikni oshirgani yoki haydovchilik guvohnomasi yo‘q fuqarolarga avtomashinani boshqarishga noqonuniy ruxsat bergani natijasida, o‘lim bilan bog‘liq bo‘lmagan va o‘lim bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘l – transport hodisasi sodir etilganligi ayanchli, albatta !
Hurmatli tuman aholisi Sizlardan!
Yo‘l-transport xodisalari jinoyatlarni oldini olish maqsadida, yo‘l harakati qoidalariga rioya etish, mast xolda transport vositasi boshqarmaslik, tezlikni miyoridan oshirmaslik talab etiladi!
Shuningdek, ochiq maydonlarda yurgan chorva hayvonlarini qarovsiz qoldirmaslik, o‘g‘irlik jinoyati sodir etilishiga sharoit yaratib bermaslik, har bir inson avvalo o‘z mol-mulkini o‘zi asrashi lozim!
Xonadonlar va boshqa ob’ektlardan o‘g‘rilik jinoyatlari sodir etilishini oldini olish maqsadida, ularni qo‘riqlash pultiga topshirishingizni tavsiya qilaman.
Aziz Zarbdor tumani aholisi!
Umuman olganda, bugungi kunda Davlatimiz rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan barcha chora-tadbirlar – xalqimizning tinch-totuv va xavfsiz hayot kechirishiga qaratilgan.
Shundaekan, hamkor tashkilotlar hamda keng jamoatchilik vakillari bilan birgalikda jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab olinib, tumanimiz hududida,
-jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish,
-jinoyatchilikka qarshi kurashish,
-mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish borasidagi chora-tadbirlarni yanada jadallashtirishimiz lozim.
Bu ishlarni amalga oshirishda albatta keng jamoatchilik vakillari va Siz aziz fuqarolarimizga tayanamiz.
Murojaatim yakunida, Siz azizlarni yana bir bor ogohlikka chaqiraman.
Etiboringiz uchun katta rahmat !!!
Uyg‘un Sultonov
Zarbdor tuman IIB boshlig‘i.
