QURILISH RUXSATNOMASI OLISH TARTIBI VA UY-JOY SOTIB OLISHDA HUQUQIY MASLAHATLAR
2026-05-04 09:35:00 / Yangiliklar

Hurmatli fuqarolar! Ushbu bukletda qurilish faoliyatini amalga oshirishda zarur bo'lgan ruxsatnomalarni olish tartibi, shuningdek, uy-joy sotib olayotganda e'tibor qaratilishi lozim bo'lgan asosiy huquqiy jihatlar haqida sodda va tushunarli tilda ma'lumot berilgan.
QAYSI HOLLARDA RUXSATNOMA TALAB ETILADI?
● Bino va inshootni qayta qurish (eski binoni buzib yangisini qurish)
● Rekonstruksiya qilish (yuk ko'taruvchi qismlarni o'zgartirish)
● O'z hududida qo'shimcha bino va inshoot qurish
● Turar joyni noturar joyga (do'kon, ofis) aylantirish
● Noturar joyni turar joyga o'zgartirish
● Bino va inshoot tashqi ko'rinishini o'zgartirish (fasad maydonining 25% dan ortiq qismi)
⚠ DIQQAT! Ruxsatnomasiz qurilish — qonunbuzarlik! Tegishli ruxsatnomasiz boshlangan qurilish ishlari sudda BUZDIRILISHI mumkin. Shuningdek, loyiha hujjatlarini ekspertizadan o'tkazmasdan qavatlar sonini ko'paytirish taqiqlangan.
RUXSATNOMA TALAB ETILMAYDIGAN HOLLAR:
✓ Yuk ko'taruvchi devorlar o'zgarmaydigan qayta rejalashtirish (gipsokarton, plastik devorlar bilan bo'lish)
✓ Yengil turdagi qurilmalar va vaqtincha qurilmalar (pavilyon, kiosk, mavsumiy savdo joylari)
✓ 2 qavatdan past, 12 m dan past va 500 m² dan kam yakka uy-joylar uchun ART va ekspertiza talab etilmaydi Zarbdor tuman adliya bo'limi | VMQ 2022-yil 20-aprel 200-son | 2026-yil
QURILISHGA RUXSAT OLISH BOSQICHLARI
1. Ruxsatnoma olish DXM yoki my.gov.uz orqali murojaat qilasiz. Qayta qurish, rekonstruksiya, ixtisosni o'zgartirish yoki qo'shimcha qurilish uchun.
Muddat: 5-7 ish kuni | Yig'im: BHMning 50%-2 BHM | Amal qilish: 2 yil
2. Arxitektura-rejalashtirish topshirig'i (ART)
Qurilish bosh boshqarmasi ishlab chiqadi. ART — loyihaoldi hujjat bo'lib, qurilishni boshlash uchun asos emas.
Muddat: 5-10 ish kuni | Qiymat: 1-4 BHM | Qishloqda: koeffitsiyent 0,7
3. Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish
Faqat litsenziyali loyiha tashkiloti ishlab chiqadi. Kichik obyektlar uchun kelishilgan loyiha qurilishni boshlash uchun asos.
Muddat: 7-12 ish kuni | Yig'im: BHMning 50%-2 BHM
4. Qurilish-montaj ishlarini boshlash ruxsatnomasi
Hududiy inspeksiyadan olinadi. Qurilish-montaj ishlari qiymatining 0,2% ajratma to'lanadi.
Muddat: 3 ish kuni | Yig'im: UNDIRILMAYDI | Amal qilish: 24 oy
5. Foydalanishga topshirish va davlat ro'yxatidan o'tkazish
Qurilish tugagach, xulosa beruvchilar tekshiradi. Ruxsatnoma — mulk huquqini davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun asos.
Xulosa: 10 ish kuni | Ruxsatnoma: 4 ish kuni | Yig'im: BHMning 30%
QAYERGA MUROJAAT QILISH:
● Davlat xizmatlari markazi (DXM) — o'zingiz kelib
● my.gov.uz portali — onlayn, 24 soat, dam olish kunlari ham
● Murojaat BEPUL (YIDXP orqali yig'imlarga 10% chegirma)Zarbdor tuman adliya bo'limi | VMQ 2022-yil 20-aprel 200-son | 2026-yil
UY-JOY SOTIB OLISHDA NIMAGA E'TIBOR BERISH KERAK?
3 1. Kadastr hujjatlarini tekshiring
Mulk huquqi davlat ro'yxatidan o'tganmi? Kadastr pasporti bormi? Yer uchastkasining maydoni va chegaralari to'g'ri ko'rsatilganmi?
3 2. Taqiq va xatlovni tekshiring
Uy garovga (ipotekaga) qo'yilmaganmi? Sud taqiqi mavjud emasmi? Kadastr organidan maxsus ma'lumotnoma oling.
3 3. O'zboshimcha qurilma bormi?
Ruxsatsiz qurilgan qo'shimcha binolar bormi? Bunday qurilmalar kelajakda BUZDIRILISHI mumkin va siz zarar ko'rasiz.
3 4. Foydalanishga topshirilganmi?
Qurilishi tugallangan uy foydalanish uchun ruxsatnoma olganmi? Bu hujjatsiz mulk huquqi ro'yxatdan o'tkazilmaydi.
3 5. Yer uchastkasini tekshiring
Yer ajratish hujjati amal qiladimi? Yer uchastkasi nizoli emasmi? Yer fondi toifasiga e'tibor bering — qishloq xo'jaligi yerida qurilgan uy qonunsiz!
3 6. Notarial shartnoma tuzing
Oldi-sotdi shartnomasini ALBATTA notarius tasdiqlashi kerak. Og'zaki kelishuv yoki oddiy yozma shartnoma siz uchun kafolat bermaydi.
3 7. Mulk huquqini ro'yxatdan o'tkazing
Sotib olgach, mulk huquqini kadastr organida yangi ega nomiga rasmiylashtiring. Ro'yxatdan o'tkazilmagan mulk himoyalanmaydi!Zarbdor tuman adliya bo'limi | VMQ 2022-yil 20-aprel 200-son | 2026-yil
FIRIBGARLIKDAN EHTIYOT BO'LING!
✖ Hujjatsiz uy-joy taklifi
"Hujjatlar keyinroq tayyor bo'ladi" deyishsa — ISHONMANG! Avval hujjatlarni ko'ring, keyin pul to'lang.
✖ Bir uyni bir nechta kishiga sotish
Mulk huquqini kadastr organidan ALBATTA tekshiring. Davlat reyestridan ko'chirma oling.
✖ O'zboshimcha qurilgan uylar
Ruxsatnoma va foydalanishga topshirish hujjatlari bo'lmasa — xavfli! Bunday uylar sudda BUZDIRILISHI mumkin.
✖ Soxta ishonchnoma bilan sotish
Uy egasi o'zi kelmay, boshqa odam sotayotgan bo'lsa — ishonchnomani notarius orqali tekshiring.
✖ Yer uchastkasi boshqa maqsad uchun ajratilgan
Qishloq xo'jaligi yoki o'rmon fondi yerida qurilgan uy QONUNSIZ. Yer fondi toifasini tekshiring.
✖ Soliq qarzdorligi mavjud uy-joy
Noturar joyni turar joyga o'tkazishda mulk soliqlari to'langan bo'lishi shart. Soliq qo'mitasidan ma'lumot oling.
HIMOYALANISH UCHUN:
✓ Kadastr organidan ko'chmas mulk haqida ma'lumotnoma oling
✓ Notarial oldi-sotdi shartnomasi tuzing
✓ Mulk huquqini davlat ro'yxatidan o'tkazing
✓ Shubhali holatlarda ADLIYA BO'LIMIGA murojaat qiling
Zarbdor tuman Adliya bo‘limi bosh maslahatchisi Akram Abduvaitov
