Zarbdorda yengil atletika musobaqalari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi
2026-04-07 13:00:00 / Yangiliklar

Zarbdor tumanida “Yangi O‘zbekiston – Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalari doirasida o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida yengil atletika bo‘yicha 12 ta yo‘nalishda “Tuman hokimi olimpiadasi” yuqori saviyada tashkil etildi.
Musobaqalarda yosh sportchilar o‘zaro kuch sinashib, jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etmoqda. Har bir yo‘nalishda keskin va qiziqarli bahslar kuzatilib, iqtidorli sportchilar saralab olinmoqda.
Mazkur musobaqa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularning jismoniy salohiyatini oshirish hamda kelajakda yurtimiz sha’nini himoya qiladigan sportchilarni kashf etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bunday sport tadbirlari hududda yengil atletika sport turini ommalashtirish, yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.






