Sudya va xotin-qizlar faollari ochiq muloqat dasturi
2026-03-30 19:45:00 / Yangiliklar

Sudlarda amalga oshirilayotgan islohatlar zamirida inson huquqilarini himoya qilish va adolatlilikni ta’minlash asosiy vazifalardan biri sifatida ko‘rilishi mumkin.
Bu borada ayniqsa xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilishga katta e’tibor qaratilishi lozim.
Shunga ko‘ra xotin-qizlar huquqlarini qonunchilikdagi yangiliklar, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan fuqarolarning xabardorligini ta’minlash maqsadida joriy yilning 26 mart kuni Zarbdor tumani Ravot mahalla fuqarolar yig‘ini binosida mahalliy aholi hamda ushbu hududda faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlik sub’ektlari vakillari ishtirokida Jizzax viloyat sudining sudyasi M.Zulfuqorov, fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarbdor tumanlararo sudining raisi O.Egamberdiev va sudya A.Pulatov tomonidan Oilaviy nizolarni oldini olish, nikohdan ajratishning huquqiy oqibatlari, Nikoxdan ajratishga oid nizolarni sudlarda ko‘rilishi va ularni oldini olish, Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarini oldini olish masalalari to‘g‘risida davra suxbatlari tashkil etildi.
Jumladan, Oila to‘g‘risidagi qonunchilikning vazifalari oilani mustahkamlashdan, oilaviy munosabatlarni o‘zaro muhabbat, ishonch va hurmat, hamjihatlik, bir-biriga yordam berish hamda oila oldida uning barcha a’zolarining mas’ulligi hissi asosida qurishdan, biron-bir shaxsning oila masalalariga o‘zboshimchalik bilan aralashishiga yo‘l qo‘ymaslikdan, oila a’zolari o‘z huquqlarini to‘sqinliksiz amalga oshirishini hamda bu huquqlarning himoya qilinishini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Oila Kodeksi bilan tartibga solinadi.
O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga ko‘ra,
218-modda. Er-xotinning o‘zaro roziligi bo‘lganda nikohdan ajralishni qayd etish
Er-xotinning o‘zaro roziligi bo‘lganda nikohdan ajralishda ariza beruvchilar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga bergan arizalarida o‘rtada voyaga yetmagan bolalari va mulkiy nizolari yo‘qligini tasdiqlashlari shart.
Nikohdan ajralish ariza beruvchilarning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan joydan qat’i nazar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga ariza berilgan kundan boshlab uch oy muddat o‘tgach qayd etiladi.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari er-xotinni yarashtirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish uchun er-xotinning birga yashash joyidagi fuqarolar yig‘inining yarashtirish komissiyasini, agar ular birga yashamayotgan bo‘lsa, har birining yashash joyidagi fuqarolar yig‘inining yarashtirish komissiyasini ariza berilgan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmasdan yozma ravishda xabardor qilishi kerak.
219-modda. Er-xotindan birining arizasi bo‘yicha nikohdan ajralishni qayd etish
Er-xotindan birining arizasi bo‘yicha nikohdan ajralishni qayd etish uchun fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga quyidagilar taqdim etiladi:
er (xotin)ning muomalaga layoqatsiz yoxud bedarak yo‘qolgan deb topilganligi to‘g‘risida sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori;
er (xotin) uch yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilinganligi to‘g‘risida sudning qonuniy kuchga kirgan hukmidan ko‘chirma, shuningdek sudlangan er (xotin)ning o‘rtadagi bolalari va mol-mulki yuzasidan nizosi yo‘qligi to‘g‘risidagi tilxat.
220-modda. Nikohdan ajralgandan keyin er-xotinning familiyasi
Er-xotindan birining nikohgacha bo‘lgan familiyasini qaytarish to‘g‘risidagi istagi nikohdan ajralish haqidagi arizada ko‘rsatilishi lozimligi to‘g‘risida aytib o‘tildi.
Shuningdek, Sud raisi va sudyalar tomonidan kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan, nikoxdan ajratishga oid nizolarni sudlarda ko‘rilishi va ularni oldini olish masalalari hamda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarini oldini olishning mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Jumladan, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirib kelinmoqa, biroq shunday bo‘lsada ayrim erkaklarimizning bugungi kunda ham o‘z jufti halollariga nisbatan qo‘pol muamolada bo‘lishi. ularni tahqirlash, zo‘rlik ishlatish holatlari uchrab turibdi. Ana shunday zo‘rovonlik, turmush o‘rtog‘qlari tomnidan ularga nisbatan ta’ziyiqlar o‘tkazilishining oldini olish borasida ichki ishlar bo‘limi tomonidan jabrdiyda ayollarimizga himoya orderlari olib berilishiga qaramasdan bu holatlarning uchrab turishligi kishini hayratga soladi. Bugungi kunda mamlakatimizda gender tenglik degan tushunchalarni fuqarolarimiz o‘rtasida keng tag‘ib qilish ularni amalda qo‘llash borasida ham bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Chunki ko‘pgina xotin-qizlarimiz bugungi kunda o‘zlarining haq-huquqlarini bilmasliklari, qonunlar bilan tanish emasligi oqibatida mana shunday holatlarning qurboniga aylanib qolayotganligi hech kimga sir emasligi ma’lum. Bugungi kunda ana shunday holatlarni aniqlash hamda ularga chek qo‘yishning umumiy chora-tadbirlariga xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish, tazyiq va zo‘ravonlikning sabablari hamda shart-sharoitlari bo‘lgan omillarni tahlil qilish, o‘rganish va baholash, aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot olib borish, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik hollarining statistik hisobi va hisobotini yuritish hamda ularni davlat statistika organlariga taqdim etish, fuqarolarni, ayniqsa xotin-qizlarni o‘z huquqlari, erkinliklari va majburiyatlari to‘g‘risidagi, shuningdek himoya qilish kafolatlari haqidagi axborot bilan ta’minlash maqsadida ishlar olib borilmoqda, biz barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib o‘z vazifalarimiz doirasida xotin-qizlar bilan alohida suhbatlashib ularning huquq va majburiyatlarini har bir xotin-qizlarimiz bilishi davrkor dedi. chiqish yo‘nalishlarda hamkorlik qilishi aytib o‘tdi.
O‘tkazilgan davra suxbatida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga sudya tomonidan batafsil javoblar berib o‘tildi.
