Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
2026-03-30 12:10:00 / Yangiliklar

2026-yil 30-mart kuni Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma beshinchi sessiyasi bo'lib o‘tdi.
Sessiyada Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining deputatlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, kun tartibiga tegishli tashkilot rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Sessiya kun tartibidagi Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yoʻllarni saqlash va joriy taʼmirlash ishlari boʻyicha 2026-yil uchun dastlabki “Manzilli roʻyxati”ni tasdiqlash, Kadastr agentligi Zarbdor tuman boʻlimida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrganish natijasi, Tumanda aholi bandligini taʼminlash yuzasidan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi, Tumanda “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining ijrosi, Tuman hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamgʻarmasi hamda “Ijtimoiy daftarlar” jamgʻarmasi mablagʻlarining maqsadli sarflanishi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Koʻp kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-48-sonli Qarori ijrosini taʼminlash, Tumanda yerlardan oqilona va samarali foydalanish holati, Tumanda aholining hayot kechirishiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-amaliy va infratuzilmaviy muammolarni bartaraf etishga qaratilgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi fuqarolar xonadonlarida energiya tejamkor va “yashil” texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari, “Ochiq budjet” axborot portalida ovoz berish jarayonida gʻolib boʻlgan tashabbuslarga fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi mablagʻlarini yoʻnaltirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi “Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-468-son qarori ijrosi yuzasidan tumanda amalga oshirilayotgan ishlar, Zarbdor tumani mahalliy budjetining 2026-yil boshiga qolgan erkin qoldiq mablagʻlarini xarajatlarga yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi masalalar ko‘rib chiqildi.
Kun tartibidagi masalalar muhokama qilinib, deputatlar tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi.









