Sport vaziri Zarbdor tumanidagi sport infratuzilmasi bilan tanishdi
2026-02-03 15:15:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adkham Ikramov Zarbdor tumanidagi Sport maktabida joylashgan tennis zali hamda yangi barpo etilishi rejalashtirilgan kurash zali loyihasi bilan tanishdi.
Tashrif davomida sportchi-o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mashg‘ulotlar sifati, mavjud sport zallari holati hamda qurilishi rejalashtirilayotgan sport inshootlari loyihalari atroflicha o‘rganildi.
Shuningdek, Sport vaziri Zarbdor tuman hokimi Bekzod Tashpulatov, tuman rahbarlari va mutasaddilar bilan uchrashib, hududda joriy yilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan sport sohasidagi loyihalar yuzasidan tegishli topshiriq va tavsiyalar berdi.
Mazkur tashrif tumanda sport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, yoshlar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratish hamda iste’dodli sportchilarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.
