Zarbdorda “Rahbarlar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi
2026-01-24 18:00:00 / Yangiliklar

Zarbdor tuman hokimligida tuman hokimi Bekzod Tashpulatov, DXX tuman bo‘limi rahbari Umid Rahmatov, tuman prokurori Ravshan Masharipov hamda tuman IIB boshlig‘i Elyor Axmedov ishtirokida yoshlar bilan samimiy va ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarining orzu-rejalari, tashabbuslari, dildagi istaklari va dolzarb muammolarini ochiq bayon etdilar. Rahbarlar har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, ularni hal etish yuzasidan aniq topshiriqlar va amaliy tavsiyalar berdilar.
Mazkur uchrashuv yoshlar qalbida ishonch va umid uyg‘otdi. Chunki bu yerda har bir fikr e’tibordan chetda qolmadi, har bir tashabbus qo‘llab-quvvatlandi.
Yoshlarning faolligi — yurt kelajagi, ularning orzulari esa ertangi kunimizning poydevoridir. Shu bois bunday uchrashuvlar nafaqat muammolarni hal etish, balki yoshlar qalbida mas’uliyat, g‘urur va kuchni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kelgusida ham bunday ochiq va samimiy muloqotlar davom ettirilib, yoshlarning yangi g‘oya va tashabbuslari uchun keng imkoniyatlar yaratib boriladi.
