Zarbdor tuman hokimi Bekzod Tashpulatov tumandagi sport maktabi faoliyati bilan tanishdi.
2026-01-20 14:10:00 / Yangiliklar

Tashrif davomida sport ustalari hamda sport bilan muntazam shug‘ullanayotgan yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mashg‘ulotlar jarayoni va mavjud infratuzilma holati o‘rganildi. Hokim sportchilar bilan ochiq muloqot qilib, ularning kelgusidagi rejalari, yutuqlari hamda sport sohasida duch kelayotgan muammolari bilan qiziqdi.
Suhbat davomida yoshlarni sportga keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda sport bilan muntazam shug‘ullanish har bir yoshning jismoniy va ma’naviy kamoloti uchun muhim ekani alohida ta’kidlandi.
Mazkur tashrif sport sohasini yanada rivojlantirish, iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.




