Zarbdor tumanida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi
2026-01-13 18:10:00 / Yangiliklar

Zarbdor tumani Madaniyat markazida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda tuman hokimining o‘rinbosari Rahim Anqayev kirish so‘zi bilan ishtirok etib, tuman hokimining Vatan himoyachilariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.
Bayram tadbirida mahalla faollari, faxriylar, harbiy xizmatchilar hamda yoshlar ishtirok etdi.
Dastur davomida Zarbdor tumani madaniyat bo‘limi xonandalari va badiiy jamoalari tomonidan ijro etilgan Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.







