Maromiylik dasturi bo'yicha seminar bo'lib o'tdi
2025-12-19 18:40:00 / Yangiliklar

Zarbdor tumanida "Toʻylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar oʻtkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirishda davlat va jamoat tashkilotlarining roli” mavzusida seminar tashik etildi.
Tadbir tuman Ma’naviyat va ma’rifat bo'linmasi, Nuroniylar bo'limi, tuman Oila va xotin-qizlar boʻlimi hamda Mahallalar uyushmasi tuman boʻlimi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.




