Zarbordorning yana bir faxri!
2025-12-20 09:00:00 / Yangiliklar

Zarbdor tumani 3-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchisi Bosimov Shaxzod Muzaffar o‘g‘li o‘qishni oltin medal bilan yakunladi. Yurtimizda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlardan unumli foydalangan Shaxzod ingliz tili bo‘yicha IELTSdan 7 ball, matematika fanidan SAT testida 1440 ball to‘plab, 12 ta xalqaro universitetga qabul qilish taklifini qo‘lga kiritdi.
Shu bilan birga, “El-yurt umid” jamg‘armasi tomonidan tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tib, AQShning dunyodagi top-100 talikka kiruvchi Pensilvaniya Davlat universitetining Iqtisodiyot yo‘nalishiga talabaliкka sazovor bo‘ldi.
Yosh iqtidorni qo‘llab-quvvatlash va uning ta’limida asosiy kafillik sifatida Zarbdor tuman hokimi Bekzod Tashpulatov tomonidan tegishli shartnoma imzolandi.
Shaxzodning bu yuksak yutug‘i nafaqat oilasi, balki butun Zarbdor tumani uchun katta faxrdir. Kelajakda ham yurtimiz sha’nini munosib himoya qilishiga ishonamiz!
Shaxzodga ilmiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!



