Zarbdor tumanida “Raqamli avlod qizlari” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi
2025-11-07 15:00:00 / Yangiliklar

Zamonaviy texnologiyalarni chuqur o‘zlashtirayotgan, innovatsion fikri bilan jamiyat taraqqiyotiga ulush qo‘shishga intilayotgan iqtidorli qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Raqamli avlod qizlari” Respublika tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda ishtirok etgan o‘quvchi qizlar ta’lim, yashil iqtisodiyot, sun’iy intellekt hamda iqlim o‘zgarishi kabi dolzarb yo‘nalishlarda o‘z ilmiy-ijodiy ishlanmalarini taqdim etdilar.
Taqdim etilgan loyihalarda:
— raqamli texnologiyalar orqali ta’lim jarayonini yanada samarali tashkil etish,
— ekologik barqarorlikni ta’minlash,
— sun’iy intellektdan hayot sifatini yaxshilashda foydalanish,
— ayollar va yoshlar uchun yangi raqamli imkoniyatlar yaratish g‘oyalari yoritildi.
Bu, o‘z navbatida, Zarbdorlik qizlarning texnologik tafakkuri, izlanuvchanligi va yangi g‘oyalarni amaliyotga tadbiq qilish salohiyati tobora rivojlanayotganini ko‘rsatdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng yaxshi loyihalar viloyat bosqichiga tavsiya etildi. Ular:
- Z.Abdunabiyeva (14-maktab) – EDUAI loyihasi
- X.Safarova (24-maktab) – Iqlim o‘zgarishi loyihasi
- S.Xamrayeva (14-maktab) – AI HealthScan loyihasi
- D.Turdibekova (Ixtisoslashtirilgan maktab) – EdFocus loyihasi
- X.To‘laganova (10-maktab) – Iqlim yechimlari loyihasi
Viloyat bosqichida ham ularga yuksak natijalar tilaymiz.
Kelajak — bilimli va tashabbuskor avlod qo‘lida.









