Bugun Zarafshon shahrida "Avtomobil transporti xodimlari kuni" munosabati bilan tashkillashtirilgan avtoshou boʻlib oʻtdi.
2025-10-25 12:20:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Unda shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, IIB boshligʻi Sardor Latipov, NKMK AJ MKB direktori Otabek Mustakimov va mutasaddi idoralar vakillari ishtirok etishdi.
Shou avvalida shahrimiz hokimi soʻzga chiqib avtomobil transporti xodimlarini bugungi kasb bayrami bilan tabrikladi. Shuningdek, N.Rahmanov ichki ishlar tizimi vakillarini 25-oktyabr "Ichki ishlar organlari xodimlari kuni" bilan samimiy muborakbod etdi.
Shundan soʻng togʻ-kon sanoatida foydalaniladigan ogʻir yuk tashuvchi avtotransport vositalari koʻrgazmasi va ish jarayonidan lavhalar namoyish etildi.









