Jarayon
2025-10-24 21:05:00 / Yangiliklar

Zarafshon shahar hokimligida oilaviy nizolarni, ajrimlarni oldini olish hamda xotin-qizlarning ijtimoiy-huquqiy manfaatlarini ta’minlash borasida 2025-yilning o‘tgan 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishga shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i L. Tursunova rahbarlik qildi.
Unda shahar miqyosida oilaviy masalalar bilan bevosita shug‘ullanuvchi hamkor tashkilotlar, jumladan, "Nuroniylar" jamg'armasi rahbari H. Ernafasov, O'zbekiston mahallalar uyushmasi Zarafshon shahar bo‘limidan R. Xudoyqulov, mahalla raislari, xotin-qizlar faollari hamda mahalla faollari, tegishli idoralar xodimlari ishtirok etishdi.
Hamkor tashkilotlarga joriy yil yakuniga qadar ishlarni yanada faollashtirish, har bir nizoli holatga individual yondashish hamda eng muhimi – profilaktik ishlarni kuchaytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.







