Jaholatga - qarshi ma’rifat
2025-10-15 10:50:00 / Yangiliklar

Zarafshon tibbiyot birlashmasida shahar hokimi o‘rinbosari L.Tursunova, shahar Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari, shahar kengashi deputati D.Bahranova, Din ishlari bo‘yicha bosh mutaxassis A.Xamdamov tomonidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda "Jaholatga - qarshi ma’rifat", "Qadriyatlarga tayangan taraqqiyot”, "Ommaviy madaniyat"," Korrupsiya adolat kushandasi", mamlakatimizda aholi o‘rtasida boqimondalik kayfiyatiga barham berish, matonatlilik, g‘urur, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik va yosh avlodni turli yot oqimlar ta’siridan asrash, ekstremizm, terrorizm, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 25-fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi tasdiqlash to‘g‘risida"gi O‘RQ-1037 Qonunining mazmun mohiyati mavzularida ma’ruza qilindi.




