Jarayon
2025-10-13 18:05:00 / Yangiliklar

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida shahrimizdagi 'Nuroniylar maskani"da ijtimoiy reyestirga kiritilgan 30 nafar oilalarning o‘quvchi farzandlariga parta, stullar topshirildi.
Tadbirda Zarafshon shahri hokimi o‘rinbosari, S.Uvaytov va shahar "Nuroniy" jamg‘armasining raisi X.Ernafasov, oqsoqollar va faollar ishtirok etishdi. Unda so'zga chiqqanlar yurtimizda ta'limga va yoshlarga qaratilgan keng islohotlar haqida so'z yuritishib, bularning barchasi yosh avlodning ilmli va har tomonlama barkamol bo'lib voyaga yetishi uchun amalga oshirilayotganini ta'kidlashdi.
Oila boshliqlari va o‘quvchi yoshlar ko‘rsatilayotgan bunday e’tibor va g‘amxo‘rlikdan xursand bo‘lib Prezidentimizga uzoq umr, yurtimizga tinchlik-omonlik tiladilar.






