Joriy yilning 9-oktabr kuni “Zarafshonshahargaz” gaz ta’minoti xodimlari bilan “Aholining korrupsiyaga qarshi kurashishda faolligini oshirish – qonun ustuvorligining garovi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
2025-10-11 09:25:00 / Yangiliklar

Davra suhbati davomida xalq deputatlari shahar Kengashi deputati H.Ernafasov so‘zga chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-71-sonli Farmonining mazmun-mohiyati, belgilab berilgan ustuvor vazifalar, jamiyatda, har bir jamoada korrupsiyaning oldini olish, Farmonda belgilangan vazifalar ahamiyati borasida fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish korrupsiyaga qarshi kurashda hal qiluvchi omil ekanini ta’kidladi.





