Ochiq muloqot
2025-10-03 21:55:00 / Yangiliklar
Zarafshon shahar madaniyat bo‘limiga qarashli “Yoshlar” madaniyat saroyining faollar zalida "Kelajak kasblari - Zarafshon tajribasi" mavzusida yoshlar va jamoatchilik bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi.
Unda Zarafshon shahri hokimi Nazirbek Rahmanov, Tomdi tumani hokimi Orzimurod Umarov, shahar shahar IIB boshligʻi Sardor Latipov, shahar DSI boshligʻi Rashid Bahranov, hokim oʻrinbosarlari, taʼlim muassasalari dekanlari va direktorlari, yoshlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Muloqotda shahrimiz hokimi soʻzga chiqib shahrimizda hozirda talab yuqori boʻlgan va kelajakda talab yuqori boʻladigan kasblar haqida oʻz tahlillarini gapirib oʻtdi. Mavjud talabni qanoatlantirish boʻyicha bajarilishi lozim boʻlgan vazifalar belgilab olindi va ularni bajarish boʻyicha masʼullarga topshiriq berildi.
Shundan soʻng Tomdi tumani hokimi ham ushbu mavzu yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi va bular boʻyicha oʻz takliflarini aytib oʻtdi.
Shuningdek shahar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi Mirzohid Joʻrayev, TATU Zarafshon fakulteti dekani Ulugʻbek Safarov, NDKTU Zarafshon fakulteti dekani Nurbek Polvonov, 1-sonli politexnikum direktori Ilyos Temirov, 2-sonli politexnikum direktori Sadriddin Bozorov oʻz maʼruzalari bilan chiqishlar qilishdi.
Shundan soʻng, yoshlar, ochiq muloqotga tashrif buyurganlar tomonidan berilgan takliflar tinglandi va savollarga atroflicha javob berildi.










