SPORT
2025-09-21 15:20:00 / Yangiliklar
Shahrimizdagi "Alpomish" sport majmuasida Zarafshon shahrining 60 yilligi munosabati bilan sportning dzyudo turi boʻyicha Zarafshon shahar ochiq chempionati boʻlib oʻtdi.
Unda Zarafshon, Navoiy va Buxorodan kelgan 2015-2016-yilda tugʻilgan oʻgʻil bolalar va 2014-2015-yillarda tugʻilgan qizlar 12 ta vazn toifasida gʻoliblik uchun kuch sinashdilar.
Musobaqa yakunlari boʻyicha shahrimiz sportchilari:
🥇12 ta oltin;
🥈7 ta kumush;
🥉20 ta bronza medallarni qoʻlga kiritib umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egallashdi.
Musobaqa gʻolib va sovrindorlariga medal, diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.







