ZARAFSHON SHAHRIDA RAHBAR VA BITIRUVCHI YOSHLAR UCHRASHUVI O‘TKAZILDI
2025-08-16 14:30:00 / Yangiliklar
16-avgust kuni shahar Yulduz madaniyat uyida Zarafshon shahri hokimi Nazirbek Rahmanov tomonidan oliy ta’lim muassasalarini yaqinda tamomlagan yosh mutaxassislar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Ushbu uchrashuvda turli yo‘nalishlarda ta’lim olgan bitiruvchilar ishtirok etishdi. Tadbirda, shuningdek, hududdagi tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari ham qatnashdi.
Muloqot davomida bitiruvchilarning kelgusi rejalari, ishga joylashish masalalari, mavjud muammolari va takliflari atroflicha muhokama qilindi.
Bundan tashqari yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mas’ullardan bevosita javob olishdi. Shuningdek, ularga ishga joylashish va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasida amaliy tavsiyalar va ko‘rsatmalar berildi.










