Bugun Zarafshon shahri hokimi Nazirbek Rahmanov olib borilayotgan obodonchilik ishlarini tekshirish va fuqarolar bilan muloqot qilish maqsadida "Muruntov" MFYda boʻldi.
2025-08-11 23:00:00 / Yangiliklar
Avvalo shahrimiz hokimi aholi murojaatlarini o‘rganish va ularni ijobiy hal etish maqsadida ushbu mahallada navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi.
Qabul davomida fuqarolarning bandligi ta'minlash, turar joy muammosi va davolanishga ko‘mak berish sohalariga oid murojaatlari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan zarur choralar ko‘rildi. Ayrim masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, batafsil o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar nazoratga olindi.
Shundan so‘ng hokim mahallada joylashgan 5-umumta'lim maktabining yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik holatini tekshirdi. Mas'ul rahbarlarning xisobotlarini tingladi. Maktabda oʻquvchilarning sifatli taʼlim olishi uchun lozim boʻlgan barcha zaruriy sharoitlar yaratilishi lozimligi taʼkidlandi.
Tekshiruvdan soʻng yoshlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda yoshlarning mavjud muammolari muhokama qilindi. Mutasaddilarga muammolarni hal etish boʻyicha topshiriqlar berildi.
Shuningdek hokim kam taʼminlangan oilalar holidan xabar olish maqsadida fuqarolar xonadonida boʻldi. Ular bilan suhbat olib borildi. Mavjud maʼlumotlar batafsil oʻrganildi. Ushbu oilalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, barqaror daromad topishiga yordam berish va yashash sharoitini yaxshilash boʻyicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Soʻngi manzil "Elips" xususiy burgʻulash shirkati ishchi-xodimlari uchun qurilayotgan yotoqxona boʻldi. Mutasaddilardan ishlarning borishi boʻyicha hisobot tinglandi. N.Rahmanov bu borada oʻz takliflarini aytib oʻtdi. Ishchilar uchun yotoqxona qulay va shinam sharoit yaratish lozimligi taʼkidlandi.









