Xorijiy investorlar bilan uchrashuv
2025-07-31 09:10:00 / Yangiliklar
Zarafshon shahri hokimi Nazirbek Rahmanov Xitoyning "STAN GROUP" kompaniyasi vakillari bilan muzokaralar o'tkazdi. Bunda shahrimiz hokimi shahrimizda investorlar uchun yaratilgan qulayliklar haqida ma'lumot berdi.
Kompaniya vakillari bu yerda yangi oltin konlarini ochish va oltin qazib olish sanoatiga investitsiya kiritish niyatida ekanliklarini bildirishdi. Muzokaralar davomida qo'shma loyihalarni yo'lga qo'yish muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida erishilgan kelishuvlar bo'yicha muloqotlarni davom ettirishga kelishib olindi.






