Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi
2025-07-30 08:35:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 21-apreldagi PF–71-son qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida shahrimizdagi LED reklama ekranlarida korrupsiyaga qarshi targ‘ibot videolari joylandi.
Hurmatli hamshaharlar, agar siz shahrimizda korrupsion holatga duch kelsangiz shahar hokimligining korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida ochilgan (79) 573-14-11 va O‘zbekiston respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 1253 ishonch raqamlariga murojaat qiling. Shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi.








