Apparat yig‘ilishi
2025-07-28 14:20:00 / Yangiliklar
Bugun, 28-iyul kuni Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov raisligida apparat yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda shahar hokimi o‘rinbosarlari, korxona, tashkilot rahbarlari, hokim yordamchilari, boshqa mutasaddilar ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda ijro intizomini mustahkamlash, kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta'minlash, "dolzarb 90 kun" va bu boradagi ishlar tahlil qilindi. Ko‘rilgan masalalar yuzasidan vazifalar belgilanib, tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi.








