Kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalari o‘rtasida “Eng yaxshi raqamli ta’lim resurslari” Respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy natijalari e’lon qilindi
2025-07-14 20:00:00 / Yangiliklar
Tanlovning III boshqichida 279 ta raqamli ta’lim resurslari Respublika tanlov hay’ati tomonidan baholandi hamda nominatsiyalar bo‘yicha jami 41 ta, shundan
🥇 17 ta 1-o‘rin,
🥈 15 ta 2-o‘rin
🥉 9 ta 3-o‘rin g‘oliblari aniqlandi.
Barchamizni xursand qiladigan xushxabar shuki, "Ishlab chiqarish va ishlov berish" ta'lim sohasi nominatsiyasida shahrimizning 2-son politexnikumi o‘qituvchisi Matrasulova Intizor 1-o‘rinni egalladi.
Shu munosabat bilan ustoz Matrasulova Intizorni Zarafshon shahri hokimligi nomidan samimiy! Muvaffaqqiyatlar bardavom bo‘lishiga tilakdoshmiz!

