Zarafşon şahrida “Xododo” brendi dökonining oçiliş marosimi bölib ötdi
2026-11-08 15:15:00 / Yangiliklar

Zarafşon şahrida tadbirkorlik va savdo sohasini rivojlantiriş, aholi uçun zamonaviy savdo xizmatlarini yölga qöyiş borasidagi işlar izçil davom etmoqda. Ayni yönalişdagi navbatdagi yangi loyiha — turli xil mahsulotlar savdosiga ixtisoslaşgan “Xododo” brendi dökonining tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi.
Tadbirda Zarafşon şahar hokimi, Xalq deputatlari Zarafşon şahar Kengaşi deputati Nazirbek Rahmanov, şahar Davlat soliq inspeksiyasi boşliği Raşid Baxronov, hokim örinbosarlari hamda investor You Yong iştirok etdi.
Oçiliş marosimida şahar hokimi sözga çiqib, mamlakatimizda hurmatli Prezidentimiz rahbarligida tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş, hududlarga xorijiy investitsiyalarni jalb etiş, investorlarga qulay şart-şaroitlar yaratiş hamda iqtisodiy salohiyatni yanada yuksaltiriş borasida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar haqida alohida töxtalib ötdi.
Şuningdek, bunday yangi savdo maskanlarining işga tuşirilişi şahar iqtisodiy hayotini yanada jonlantiriş, xizmat körsatiş sohasini rivojlantiriş, soğlom raqobat muhitini şakllantiriş va aholi uçun qöşimça qulayliklar yaratişda muhim ahamiyat kasb etişi taʼkidlandi.
Tadbir davomida mutasaddilar hamda dökon rahbariyati tomonidan “Xododo” brendi dökonida xaridorlarga taklif etilayotgan mahsulotlar assortimenti, savdo maskanida yaratilgan zamonaviy şaroitlar, xizmat körsatiş imkoniyatlari va kelgusidagi rejalar haqida batafsil maʼlumot berildi.
Taʼkidlaş joizki, yangi savdo maskanining faoliyat boşlaşi zarafşonliklar uçun xarid imkoniyatlarini kengaytiriş bilan birga, şaharda tadbirkorlik muhitini yanada yaxşilaşga ham xizmat qiladi.









