JARAYON
2026-11-08 13:40:00 / Yangiliklar

Zarafşon şahrida zamonaviy infratuzilmani rivojlantiriş, savdo va xizmat körsatiş sohasini yangi bosqiçga olib çiqiş, şuningdek, xorijiy investitsiyalarni jalb etiş borasida izçil işlar amalga oşirilmoqda.
Zarafşon şahar hokimi, Xalq deputatlari Zarafşon şahar Kengaşi deputati Nazirbek Rahmanov xorijiy investorlar bilan birgalikda şaharda barpo etilayotgan “Zarafşon City Mall” zamonaviy savdo va köngiloçar markaziga taşrif buyurib, quriliş jarayonlari bilan yaqindan tanişdi.
Taşrif davomida loyiha uçun masʼul mutasaddilar tomonidan quriliş işlarining bugungi kundagi holati, amalga oşirilayotgan işlar kölami, loyihaning navbatdagi bosqiçlari hamda belgilangan rejalar yuzasidan batafsil maʼlumot berildi.
Şuningdek, majmua foydalanişga topşirilgaç, bu yerda tadbirkorlar uçun qanday imkoniyatlar yaratilişi, savdo şoxobçalari, xizmat körsatiş nuqtalari va köngiloçar maskanlar faoliyatini yölga qöyiş, aholi hamda şaharga taşrif buyuruvçilarga zamonaviy xizmatlarni taqdim etiş masalalari muhokama qilindi.
Şahar hokimi loyihaning Zarafşon şahri iqtisodiy salohiyatini oşiriş, yangi iş örinlarini yaratiş, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini kengaytiriş hamda aholining sifatli savdo va köngiloçar xizmatlarga bölgan ehtiyojini qondirişdagi ahamiyatiga alohida eʼtibor qaratdi.







