MUZOKARA
2026-11-08 20:00:00 / Yangiliklar

Zarafşon şahrida sanoat salohiyatini yanada oşiriş, xorijiy investitsiyalarni jalb etiş, zamonaviy işlab çiqariş quvvatlarini taşkil etiş hamda mahalliy xomaşyodan samarali foydalaniş borasida yangi taşabbuslar ilgari surilmoqda.
Şu maqsadda Zarafşon şahar hokimi, Xalq deputatlari Zarafşon şahar Kengaşi deputati Nazirbek Rahmanov granit va marmarni qayta işlaş orqali çiqindisiz, yuqori qöşilgan qiymatga ega mahsulotlar işlab çiqarişni taşkil etiş masalasi yuzasidan xorijiy investorlar bilan uçraşuv ötkazdi.
Muloqot davomida mazkur investitsiyaviy loyihaning istiqbollari, işlab çiqariş jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş, granit va marmar xomaşyosini çuqur qayta işlaş hamda undan tayyor mahsulotlar işlab çiqariş imkoniyatlari atrofliça muhokama qilindi.
Şahar hokimi mamlakatimizda sanoatni rivojlantiriş, iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qiliş, yangi işlab çiqariş korxonalarini taşkil etiş va tadbirkorlik subyektlarini qöllab-quvvatlaş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri ekanini taʼkidladi.
Ayniqsa, tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş, işlab çiqariş jarayonida hosil böladigan çiqindilarni qayta işlaş va ulardan qöşimça mahsulotlar tayyorlaş orqali iqtisodiy samaradorlikka erişiş muhimligi qayd etildi.
Uçraşuvda loyihani amalga oşiriş bilan boğliq taşkiliy, texnik va investitsiyaviy masalalar yuzasidan fikr almaşilib, hamkorlikning keyingi bosqiçlari muhokama qilindi. Investorlar tomonidan bildirilgan taklif va taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş, loyihani hayotga tatbiq etiş uçun zarur şart-şaroitlarni yaratiş masalalariga ham eʼtibor qaratildi.
Mazkur loyiha amalga oşirilişi natijasida şaharda yangi işlab çiqariş quvvatlari, qöşimça iş örinlari yaratilişi, quriliş materiallari sanoati rivojlanişi hamda xomaşyoni çuqur qayta işlaş hisobiga yuqori iqtisodiy samaradorlikka erişiş imkoniyati yuzaga keladi.



