TABRIK
2026-11-11 15:45:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

TABRIK11-noyabr — Özbekiston kasaba uyuşmalari kuni muborak bölsin!
Hurmatli kasaba uyuşmalari faollari, soha fidoyilari va mehnat faxriylari!
Sizlarni 11-noyabr — Özbekiston kasaba uyuşmalari kuni bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Kasaba uyuşmalari mamlakatimizda inson qadrini uluğlaş, mehnatkaşlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, ular uçun munosib mehnat şaroitlarini yaratiş, ijtimoiy adolat va hamjihatlikni mustahkamlaş yölida muhim örin tutadi.
Ayniqsa, xodimlarning mehnat huquqlarini taʼminlaş, ularni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş, mehnat jamoalarida soğlom muhitni şakllantiriş, yoşlar va mehnat faxriylariga eʼtibor körsatiş borasidagi faoliyatingiz alohida eʼtirofga loyiq.
Zarafşon şahrida ham kasaba uyuşmalari taşkilotlari tomonidan mehnatkaşlarning manfaatlarini himoya qiliş, ularning ijtimoiy farovonligini oşiriş hamda jamoalarda birdamlik va özaro hamjihatlikni mustahkamlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Fursatdan foydalanib, xalqimiz farovonligi, yurtimiz taraqqiyoti va mehnat jamoalarining manfaatlari yölida sidqidildan xizmat qilib kelayotgan barça kasaba uyuşmalari faollariga çuqur minnatdorlik bildiraman.
Barçangizga mustahkam soğliq, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka, şarafli va masʼuliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!
Bayramingiz muborak bölsin!
Hurmat bilan,
Nazirbek Rahmanov,
Zarafşon şahar hokimi
