KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH – BARCHAMIZNING BURCHIMIZ
2026-11-05 18:30:00 / Yangiliklar

Bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish, davlat boshqaruvida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Korrupsiya jamiyat taraqqiyoti, iqtisodiy barqarorlik va adolat tamoyillariga jiddiy xavf tug‘diradi. Shu bois unga qarshi kurashish nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlar, balki har bir davlat tashkiloti va xodimining kundalik faoliyatidagi muhim vazifa bo‘lishi lozim. Zarafshon shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limida ham korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning oldini olish, xizmat faoliyatida qonuniylikni ta’minlash hamda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 21-avgustdagi 23-160-sonli buyrug‘i hamda Navoiy viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2026-yil 25-avgustdagi 41-af-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash doirasida korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati talablariga qat’iy rioya etish vazifalari belgilangan. Ushbu yo‘nalishda xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish, korrupsiyaviy
xavf-xatarlarni aniqlash va bartaraf etish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, fuqarolar murojaatlarini xolis ko‘rib chiqish hamda budjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuni unutmaslik kerakki, korrupsiyaga qarshi kurashish faqat nazorat va javobgarlik bilan emas, balki har bir insonning halolligi, vijdoni va qonunlarga hurmati bilan samarali bo‘ladi.
Zero, korrupsiyadan xoli jamiyatni barpo etish har birimizdan boshlanadiZarafshon shahar Iqtisodiyot va moliya
bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari J. Ochilov
