Zarafshon shahrida yana bir yangi zamonaviy sport maydonchasi foydalanishga topshirildi.
2026-10-13 16:50:00 / Yangiliklar

Bugun Zarafshon shahar Quruvchi mahallasida zamonaviy vork-aut sport maydonchasining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda shahar hokimi o'rinbosari Mavluda Tursunova, nuroniylar, mahalla yettiligi a'zolari, mutasaddilar, murabbiylar, sportchi yoshlar va fuqarolar ishtirok etishdi. M.Tursunova soʻzga chiqib Prezidentimiz tomonidan sportni, ayniqsa yoshlar sportini rivojlantirishga, aholimizni sogʻlom turmush tarzi va sportga jalb etish boʻyicha yaratib berilayotgan imkoniyatlar haqida maʼlumot berdi va barcha tadbir ishtirokchilarini ushbu sport maydonchasining ochilishi bilan samimiy tabrikladi.
Shundan so‘ng, nuroniylar tomonidan ramziy qizil tasma kesilib, sport maydonchasi rasman foydalanishga topshirildi.









