12-oktyabr kuni Zarafshon shahar hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i Laylo Tursunova Xalq qabulxonasi binosida aholi murojaatlarini o‘rganish va ularni ijobiy hal etish maqsadida navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi.
2026-10-12 16:55:00 / Yangiliklar

Qabul davomida fuqarolarning bandligi ta'minlash, oilaviy masalalar, davolanishga ko‘mak berish va boshqa sohalarga oid murojaatlari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan zarur choralar ko‘rildi. Ayrim masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, batafsil o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar nazoratga olindi.








