MEHNAT YARMARKASI
2026-10-08 18:20:00 / Yangiliklar

Bugun Zarafshon shahridagi Asakabank old maydonida yoshlar bandligini ta'minlash maqsadida "Bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi" boʻlib oʻtdi.
Unda Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, shahar DXX rahbari G‘ofur Musurmanov, shahar prokurori Shavkat Shernazarov, shahar DSI boshligʻi Rashid Baxronov, mutasaddilar va yoshlar ishtirok etishdi.
Yarmarkada shahardagi 50 ta korxona, tashkilot, muassasa va tadbirkorlik subyektlari o'zlaridagi mavjud 200 ga yaqin bo'sh ish o'rinlari bilan ishtirok etishdilar.
O'tkazilgan yarmarkada qariyb 200 nafar ish qidiruvchi yoshlar qatnashishdi va 20 nafar yoshning bandligi ta'minlash uchun korxona, tashkilot va muassasalarga yo‘naltirildi.









