SAYYOR QABUL
2026-10-07 15:00:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 7-oktabr kuni Zarafshon shahri hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i Laylo Tursunova, Majburiy ijro bo'limi boshlig'i Shoxrux Jumaqulov ishtirokida Majburiy ijro byuro binosida aholi murojaatlarini o‘rganish va ularni ijobiy hal etish maqsadida navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi.
Qabul davomida fuqarolarning aliment bilan bog'liq muammolar, oilaviy masalalar va boshqa sohalarga oid murojaatlari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan zarur choralar ko‘rildi. Ayrim masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, batafsil o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar nazoratga olindi. Shuningdek, mas'ullarga tegishli topshiriq va ko'rsatmalar berildi.







