Muhtaram Prezidentimiz tomonidan "Payshanba — yoshlar kuni" deb eʼlon qilingan edi.
2026-09-10 14:30:00 / Yangiliklar

Shu munosabat bilan Zarafshon shahar hokimi, Xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashi deputati Nazirbek Rahmanovning "Kasimov Junior" futbol maktabi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda shahar hokimligi mutasaddilari, futbol maktabi murabbiylari, yosh tarbiyalanuvchilar hamda ularning ota-onalari ishtirok etishdi.
Uchrashuvda shahar hokimi so‘zga chiqib, futbol maktabi murabbiylari va tarbiyalanuvchilarini yaqinda xalqaro musobaqada faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritgani bilan samimiy muborakbod etdi.
Shuningdek, yurtimizda Hurmatli Prezidentimiz rahbarligida sportni, xususan, yoshlar sportini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ular uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida so‘z yuritildi.
Tadbir yakunida xalqaro musobaqada munosib ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan futbol maktabi tarbiyalanuvchilariga Zarafshon shahar hokimligining esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.








