SAYYOR QABUL
2026-09-04 21:50:00 / Yangiliklar

Bugun Zarafshon shahar hokimi, Xalq deputatlari Zarafshon shahar kengashi deputati Nazirbek Rahmanov "Muruntov" MFYda aholi murojaatlarini o‘rganish, ularni ijobiy hal etish maqsadida navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi.
Unda 20-Muruntov saylov okrugi deputati Elbek Tursunov, hokim oʻrinbosarlari, mutasaddilar, mahalla fuqarolari ishtirok etishdi.
Qabul davomida fuqarolarning bandligi ta'minlash, tadbirkorlik faoliyatini boshlash, rivojlantirish uchun koʻmak berish, turar joy muammosi va davolanishga ko‘mak berish sohalariga oid murojaatlari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan zarur choralar ko‘rildi. Ayrim masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, batafsil o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar nazoratga olindi.








