TATU Zarafshon fakultetida yangi o‘quv yili boshlandi
2026-09-08 11:10:00 / Yangiliklar
Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Zarafshon fakultetida yangi o‘quv yilining ilk kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

Unda Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, hokim o‘rinbosarlari, mutasaddi tashkilotlar vakillari, fakultet o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etishdi.
Tadbirda shahar hokimi so‘zga chiqib barcha talabalarni talabalik baxti va yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan samimiy muborakbod etib, yoshlarga ta’lim olish, izlanish va kelajakdagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar ustozlarga esa sharafli va mas’uliyatli faoliyatlarida kuch-g‘ayrat hamda yangi yutuqlar tiladi.
Tadbir davomida shahar hokimi fakultet auditoriyasida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Muloqotda yurtimizda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, zamonaviy axborot texnologiyalarini o‘rganish, raqamli bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan tashabbuslar haqida so‘z yuritildi.
Ayniqsa, yoshlarning zamonaviy kasblarni egallashi, IT sohasida chuqur bilimga ega bo‘lishi, o‘z loyihalarini amalga oshirishi va xalqaro maydonda raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishishi uchun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish muhimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, fakultet o‘qituvchilari bilan muloqot davomida talabalarni har tomonlama rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni puxta o‘rgatish, xorijiy tillarni bilish darajasini oshirish hamda ta’lim sifatini yanada yaxshilash borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama qilindi.









