SESSIYA
2026-09-08 11:50:00 / Yangiliklar
Bugun, 8-sentyabr kuni Xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashining navbatdagi oʻttiz beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishida Xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashi deputatlari, kengash kotibiyati va aloqador korxona-tashkilot rahbarlari qatnashdi.
Ushbu sessiyaga Xalq deputatlari shahar Kengashi raisi Xusniddin Ernafasovraislik qildi. Sessiya kun tartibida quyidagi 3 ta:
1. 2026-yilning 2-mavsumida Zarafshon shahrida jamoatchilik tomonidan ovoz berish jarayoni yakunlariga kо‘ra eng kо‘p ovoz tо‘plagan takliflarni saralab olish hamda jamg‘arma mablag‘laridan moliyalashtiriladigan tadbirlar tо‘g‘risida;
2. “Navoiy suv ta’minoti” AJ Zarafshon shahar bo‘limi oqova suv tozalash inshooti faoliyati to‘g‘risida;
3. “Issiqlik manbai” davlat unitar korxonasi Zarafshon filialining shahar aholisini issiq suv bilan ta’minlash holati, suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, shaharda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati to‘g‘risida masalalar ko'rib chiqildi.
Yuqoridagi masalalar bo'yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan mutasaddilarning hisobotlari tinglandi.
Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.









