YOSHLAR MUAMMOLARI O‘RGANILDI
2026-08-04 15:20:00 / Yangiliklar
Zarafshon shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik S.Sh.Latipov tomonidan Tinchlik MFYda oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan, bandligi ta’minlanmagan yoshlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida 20 ga yaqin yoshlarning murojaat va muammolari o‘rganilib, aksariyat masalalar yuzasidan amaliy yechimlar belgilandi.
Yechimi ma’lum vaqt talab etadigan murojaatlar bo‘yicha tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.









