FUTBOL
2026-08-02 23:50:00 / Yangiliklar
"Qizilqum" markaziy o'yingohida Oʻzbekiston chempionati 2-ligasi doirasida "Zarafshon" FK va NDKTU FK oʻrtasida 1-tur oʻyini boʻlib oʻtdi.

Oʻyin avvalida Zarafshon shahar hokimi, Zarafshon FK prezidenti Nazirbek Rahmanov har ikkala jamoa a‘zolari bilan samimiy muloqot qilib, ularga omad tiladi.
Tantanali ochilish marosimidan soʻng baxs boshlandi. 1-boʻlim NDKTU jamoasining 2:0 xisobidagi ustunligi bilan yakunlandi. Ammo 2-boʻlimda Zarafshon jamoasi iroda namoyish etib 2 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. Qizgʻin, kurashlarga boy va murosasiz kechgan baxs 2:2 xisobida jangovar durang bilan yakun topdi.
Uchrashuv yakunlangach N.Rahmanov jamoa a‘zolarini tarixiy dastlabki baxsdagi mardonavor oʻyin bilan tabriklab, kelgusi baxslarda muvaffaqqiyatlar tiladi.









