JARAYON
2026-07-25 23:00:00 / Yangiliklar

Zarafshon shahar hokimi, Xalq deputatlari Zarafshon shahar kengashi deputati Nazirbek Rahmanov Xitoyning "YANG NOVA GOLD" kompaniyasi vakili janob Dan bilan muzokaralar o'tkazdi. Bunda shahrimiz hokimi shahrimizda investorlar uchun yaratilgan qulayliklar haqida ma'lumot berdi.
Kompaniya vakili Zarafshon shahrida oʻz faoliyatlarini yoʻlga qoʻyish niyatida ekanliklarini bildirishdi. Xususan, Zarafshonda zargarlik fabrikasini ishga tushirish va 30 yaqin yangi ish oʻrinlari yaratish, zamonaviy uskunalar orqali tillo taqinchoqlar ishlab chiqarish muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida ushbu masalalar bo'yicha muloqotlarni davom ettirish, loyihalarni ishga tushirishni jadallashtirish va hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib olindi.


