JARAYON
2026-07-25 14:35:00 / Yangiliklar

Zarafshon shahar hokimi, Xalq deputatlari Zarafshon shahar kengashi deputati Nazirbek Rahmanov mas’ul rahbarlar bilan birgalikda og‘ir toifaga kiritilgan "Yangi Zarafshon" mahallasida bo‘ldi.
Ushbu mahallada aholining yashash sharoitlarini yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirish hamda yuzaga kelgan masalalarni tezkor hal etish bo‘yicha ko‘zdan kechirish ishlari olib borilmoqda.
Jarayonda hovlilar atrofidagi infratuzilma va kommunikatsiya tarmoqlarining holati, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar va ularning yechimlari, mahallani "og‘ir" toifadan chiqarish bo‘yicha manzilli reja va chora-tadbirlar ijrosi koʻzdan kechirildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, tegishli soha mutasaddilariga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.









