UCHRASHUV
2026-07-23 17:10:00 / Yangiliklar

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 30 iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan yoshlar bilan uchrashuvda yigit-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, zamonaviy kasb va xorijiy tillarni egallashi, tadbirkorlik hamda innovatsion tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish uchun yangi imkoniyatlar yaratish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berilgan edi.
Mazkur topshiriqlar ijrosini joylarda o‘rganish, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlardan foydalanish holatini tahlil qilish hamda mavjud masalalarni bevosita mahallalarda aniqlash maqsadida respublika ishchi guruhi Zarafshon shahriga keldi.
"Oʻzsanoatqurilishbank" boshqarma boshlig‘i Feruz Alqarov boshchiligidagi ishchi guruh Zarafshon shahar hokimligida tashkil etilgan shtab faoliyati bilan tanishdi. Bu yerda shahar hokimi Nazirbek Rahmanov bilan uchrashib, shahardagi yoshlar bilan ishlash holati, ularning bandligi, ta’lim olishi, zamonaviy kasb va IT yo‘nalishlarini egallashi, tashabbus va loyihalarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Ishchi guruhning o‘rganishlari mahallalarda davom ettiriladi.






