Xorijiy investorlar bilan uchrashuv
2026-07-16 18:30:00 / Yangiliklar

Zarafshon shahar hokimi, Xalq deputatlari Zarafshon shahar kengashi deputati Nazirbek Rahmanov Xitoyning "LEIXIN FISH BELLY WHITE MINING" kompaniyasi vakillari bilan muzokaralar o'tkazdi. Bunda shahrimiz hokimi shahrimizda investorlar uchun yaratilgan qulayliklar haqida ma'lumot berdi.
Kompaniya vakillari Zarafshon shahrida oʻz faoliyatlarini yoʻlga qoʻyish niyatida ekanliklarini bildirishdi. Xususan, marmar qazib olib va qayta ishlash, zamonaviy koʻrinishdagi pardozlangan marmar toshlaridan bezakli toshlar hamda kalsiy karbonat ishlab chiqarishni yoʻlgayish qoʻyish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida ushbu masalalar bo'yicha muloqotlarni davom ettirish, loyihalarni ishga tushirishni jadallashtirish va hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib olindi.



