Zarafshon shahar "Navro'z" mahallasida yoshlari ishtirokida "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" bo'lib o'tdi.
2026-07-02 15:10:00 / Yangiliklar

Unda shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Anvar Shohmirzayev, hokim o'rinbosari Sardorjon Ebotov, shahar DSI boshlig'i Rashid Baxronov, shahar yoshlar ishlari bo'limi boshlig'i Sherzod Abdullayev, mahalla yettiligi a'zolari, mutasaddilar va yoshlar ishtirok etishdi.
Yoshlar bilan ochiq muloqot shaklida tashkil etilgan uchrashuvda o‘quvchilarning kitob o‘qishga qiziqishi, o‘qigan kitoblari yuzasidan suhbat o‘tkazildi. Ularning taklif va tashabbuslari tinglandi, mavjud muammolar yuzasidan fikr almashildi. Tadbir davomida yoshlarning bilim olishi, kasb tanlashi hamda jamiyat hayotida faol bo‘lishi muhimligi alohida ta’kidlandi. Shu bilan birga, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, zararli odatlardan yiroq bo‘lish hamda yot g‘oyalarga berilmaslik bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, muloqot davomida yoshlar muammo va takliflari tinglandi. Ularni hal etish bo'yicha tegishliligi bo'yicha mas'ullarga topshiriqlar berildi.









