Bugun Zarafshon shahar hokimligida "Rahbar va yetakchilar uchrashuvi" boʻlib oʻtdi.
2026-06-23 10:30:00 / Yangiliklar

Unda shahar hokimining birinchi oʻrinbosari Anvar Shoxmirzayev, mutasaddilar va mahalladagi yoshlar yetakchilari ishtirok etishdi.
Erkin muloqot shaklida oʻtgan uchrashuvda davlat xizmatchisi etikasi, mahallada yoshlarni vaqtini mazmunli tashkil etish, liderlik koʻnikmalarini shakllantirish va boshqa mavzularda fikrlar almashildi.
Uchrashuv yakunida faol ishtirok etgan yetakchilarga esdalik sovgʻasi sifatida kitoblar topshirildi.









